» » “Manchester Siti” APLda o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq mag‘lubiyatga uchradi

“Manchester Siti” APLda o‘tgan mavsumdagidan ham ko‘proq mag‘lubiyatga uchradi


26-dekabr, chorshanba kuni Angliya premyer ligasining 19-turi doirasida “Manchester Siti” jamoasi “Lester”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi (1:2).

26-dekabr kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” jamoasi “Lester”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu “Siti” uchun APL joriy mavsumidagi ketma-ket ikkinchi umumiy hisobda uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

“Shaharliklar” APLning o‘tgan mavsumida atigi 2 ta o‘yinda yutqazgandi. “Man Siti” 2016-yil dekabridan beri ilk marta APL doirasida ketma-ket 2 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

“Manchester Siti” musobaqa jadvalida yetkchilikni qo‘ldan bermayotgan “Liverpul”dan 7, 2-o‘rinda borayotgan Londonning “Tottenhem” klubidan 1 ochko ortda qolib, 1-davrani 3-pog‘onada yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют