» » Chirchiqda harbiy parad: Abdusalom Azizov bir guruh harbiy xizmatchilarni taqdirladi

Chirchiqda harbiy parad: Abdusalom Azizov bir guruh harbiy xizmatchilarni taqdirladi


Chirchiq dala o‘quv maydonida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov, Toshkent viloyati hokimi, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, o‘quvchi yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda barcha harbiy xizmatchilar va O‘zbekiston aholisi Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etildi.

Shundan so‘ng, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari va harbiy texnikalar tantanali marsh bilan o‘tdi. Quruqlikdagi va havodagi kuchlar o‘z qudratini namoyish etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tantanali va badiiy marosim avvalida mustaqillik yillari xizmat vazifasini o‘tash vaqtida yuksak jasorat, sadoqat va matonat namunasini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, 2018-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar miqyosidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini mukofotladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют