» » Rasman: Shavkat Mirziyoyev 17—18-yanvar kunlari Hindistonga tashrif buyuradi

Rasman: Shavkat Mirziyoyev 17—18-yanvar kunlari Hindistonga tashrif buyuradi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan “Jo‘shqin  Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019-yil 17—18-yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalarini muhokama qilish uchun Bosh vazir Narendra Modi bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan 2003-yildan buyon Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan “Jo‘shqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar ishtirok etadi.

An’anaga ko‘ra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют