» » Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi “Navro‘z” restoranida “Zulfiya” mukofoti sovrindorlarini shaxsan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi “Navro‘z” restoranida “Zulfiya” mukofoti sovrindorlarini shaxsan taqdirladi


4-mart kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart ayyomi bilan tabrikladi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Prezident o‘z nutqida O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shayotganlarning 72 foizini ayollar tashkil etishini ta’kidlagan.

Umida Abduazimova so‘zlariga ko‘ra, shu kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan Zulfiya mukofoti sovrindorlariga hujjat va ko‘krak nishoni ham topshirildi.

Umida Abduazimova tadbirdan olgan hissiyotlari bilan quyidagi so‘zlar orqali o‘rtoqlashdi:

Ishlaganlar dam olishni ham bilishi kerak. Mana, hamma taniqli san’atkorlar xizmatingizda. Xohlaganingizni ayting, ularni ham chaqiraman — dedi yurtimiz rahbari.

Yana “noqobil farzand o‘stirgan ota-onani qonunan jazolash kerak”, deganlarida hamma barobar qarsak chalib yubordi. Rost-da, ota-onadagi e’tiborsizlik sabab, nega ustozlar aziyat chekishi, jamiyat shikastlanishi kerak?…

Ha, birinchi prezidentimizning tarixiy ishlarini ta’kidlab, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan barcha davr qahramonlarini nomini joyiga qo‘yishga undashlari har qancha e’zozga loyiq.

E’tibor qiling-a, har ma’ruzalarida albatta birinchi prezidentimizni tilga oladilar. O‘z ustozlari nomini dunyodagi demokratik mamlakatlarning marhum liderlari Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk nomiga tenglashtirishlari dilimni quvnatdi.

Kecha ishini o‘rganib, u ketgach o‘rnini egallagan ayrim rahbarchalarga saboq bo‘lishi kerak bu!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют