» » Oliy Majlis Senati 100 ming so‘mlik kupyura namunasi va dizaynini ma’qulladi

Oliy Majlis Senati 100 ming so‘mlik kupyura namunasi va dizaynini ma’qulladi


15-yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko‘ra muomalaga chiqarilmoqda:

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 (yuz ming) so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank 100 ming so‘mlik kupyuraning muomalaga chiqarilishini tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют