» » Tbilisida ro‘y bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Tbilisida ro‘y bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


Gruziya poytaxti Tbilisidagi ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Avvaliga 3 kishi hodisa qurboni bo‘lgani, 6 nafar bola va bir erkak jarohatlangani bildirilgandi. Keyinchalik bir bola kasalxonda vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash gaz sizishi sababli sodir bo‘lgan.

Politsiya jinoiy ish qo‘zg‘adi, hodisa joyida ekspert-kriminalistlar ishlamoqda.

Gruziya rasmiylari 17-yanvarni mamlakatda motam kuni deb e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют