» » Xitoyda Chevrolet Tracker krossoveri yiriklashdi va 1 litrlik turbomotorga ega bo‘ldi

Xitoyda Chevrolet Tracker krossoveri yiriklashdi va 1 litrlik turbomotorga ega bo‘ldi


Chevrolet Tracker yangi krossoverining rasmiy taqdimoti joriy yilning mart oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Marka hozircha modelning faqat bitta tizerini e’lon qildi biroq uning tashqi qiyofasi allaqachon sir emas: mamlakat sanoat vazirligi bazasida krossoverning suratlari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, avtomobilning ba’zi tavsiflari oshkor bo‘ldi, deb yozadi “Kolesa.ru”.

Xitoyda yangi avlod krossoveri aynan Tracker nomi bilan sotiladi, undan avvalgi model Trax nomi bilan tanish edi. Dizayn Chevrolet’ning boshqa oxirgi modellari — masalan, Monza sedani yoki ikkinchi avlod Orlando kompaktveni uslubida ishlangan. Krossoverning uzunligi 15 millimetrga — 4 270 millimetrgacha uzaygan, g‘ildirak bazasi endi 2 570 millimetrga teng (avvalgisidan 15 millimetrga katta).

O‘zbekistonda o‘tgan yil oxiriga kelib Tracker’ni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mamlakatda chiqarilayotgan Chevrolet’ning modellari (eski Aveo, Spark, Cobalt va Lacetti) Rossiyaga Ravon brendi ostida yetkazib berilgan. Tracker ham Ravon’ga aylanib, Rossiyaga yetkazilishi kutilgan edi, biroq 2018-yilning o‘rtasiga kelib ushbu markaning Rossiyada sotilishi to‘xtatildi. Rasmiy sabab — brend biznes-modelining jiddiy o‘zgarishi va narxlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati. Yaqin vaqt ichida Ravon’ni Rossiyada sotish yana yo‘lga qo‘yilishi taxmin qilinmoqda (juda oshirilgan narxlar bilan), biroq Tracker hozircha eksport qilinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют