» » Istanbuldagi Otaturk aeroporti mart oyida o‘z ishini to‘xtatadi

Istanbuldagi Otaturk aeroporti mart oyida o‘z ishini to‘xtatadi


Barcha tijoriy reyslarning Otaturk aeroportidan Istanbulning yangi aeroportiga to‘liq o‘tish sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu hodisa 3-martda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Aynan shu kuni Otaturk aeroportida xizmat ko‘rsatiladigan barcha ichki va tashqi reyslarni Istanbul markazidan 40 kilometr shimoli-g‘arbda, Qora dengiz qirg‘og‘i yaqinida joylashgan yangi aeroport qabul qilishni boshlaydi.

Dunyodagi eng yirik aeroportlardan biriga aylanishi kutilayotgan Istanbulning yangi aeroporti dastlabki bosqichda yiliga 90 million kishini qabul qilishi kerak. O‘n yil davomida yo‘lovchilar oqimi yiliga 200 million kishiga yetishi kutilmoqda. Aeroport dunyo bo‘ylab 350 ta yo‘nalishga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan yilda 68 million kishini qabul qilgan Otaturk aeroporti esa boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. U yerdan yuk tashish, texnik xizmat ko‘rsatish ombori, o‘quv tadbirlari va aviatsion yarmarkalar maqsadlarida foydalaniladi.

Bundan tashqari, aeroportdagi aeronavigatsiya tizimi kamida 2022—2023-yillargacha faoliyat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют