» » Italiyada politsiya ta’qibidan qochishga uringan mashina ag‘darildi. 4 kishi halok bo‘ldi

Italiyada politsiya ta’qibidan qochishga uringan mashina ag‘darildi. 4 kishi halok bo‘ldi


Italiyaning Kazerta provinsiyasida mahalliy politsiyaning ta’qibi davomida avtomobil ag‘darilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Salonida 5 kishi bo‘lgan Skoda avtomobili haydovchisi politsiya patruli talabiga binoan to‘xtamadi va yashirinishga harakat qildi.

Politsiya bir necha daqiqa mashinani ta’qib qildi va shundan so‘ng xavfli harakatlarni amalga oshirayotgan Skoda ag‘darilib ketdi.

Halok bo‘lganlar kim ekanligi ma’lum qilinmagan. Ular provinsiyadagi bir necha talonchiliklarga aloqador jinoiy guruh bilanbog‘liq ekanligi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют