» » Rossiya Tojikistonga yadro reaktorini ishga tushirishda yordam beradi

Rossiya Tojikistonga yadro reaktorini ishga tushirishda yordam beradi


Rossiyalik olimlar “Argus” gomogen tadqiqot yadro reaktorini qayta tiklashda ishtirok etadi, deb yozadi Regnum axborot agentligi.

Bu Vladimir Putinning Dushanbega rasmiy tashrifi chog‘ida Rossiya va Tojikiston o‘rtasida imzolangan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvda ko‘zda tutilgan. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Farhod Rahimiy ma’lum qildi.

“Bitim ikki davlat olimlari tomonidan tinch maqsadlarda atom energiyasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini olib borish masalalarini tartibga soladi”, — deya aniqlik kiritdi u.

Fanlar akademiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, hujjatga muvofiq, tojikistonlik mutaxassislarni atom energiyasi sohasidagi Rossiya OTMlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Issiqlik quvvati 20 kVt bo‘lgan “Argus” gomogen tadqiqot yadro reaktori — tuz eritmalarida ishlaydigan dunyodagi yagona joriy reaktor.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют