» » “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

“Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi


Amerika kino akademiyasi “Oskar” mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Marosim translyatsiyasi mukofotning rasmiy YouTube kanaliga joylashtirildi.

Mukofotga nomzodlar quyidagilardir:

Eng yaxshi film nominatsiyasidan “Yashil kitob”, “Yulduz tug‘ildi”, “Bogema rapsodiyasi”, “Ma’shuqa”, “Roma”, “Hukmronlik”, “Qora qoplon”, “Qora klanchi” filmlari joy oldi.

Eng yaxshi rejissor: Alfonso Kuaron (“Roma”), Adam Makkey (“Hukmronlik”), Spayk Li (“Qora klanchi”), Pavel Pavlikovskiy (“Sovuq urush”), Yorgos Lantimos (“Ma’shuqa”).

Eng yaxshi aktrisa: Yalitsa Aparisio (“Rim”), Melissa MakKarti (“Meni kechira olasizmi?”), Ledi Gaga (“Yulduz tug‘ildi”), Glenn Klouz (“Rafiqa”), Oliviya Kolman (“Ma’shuqa”).

Eng yaxshi aktyor: Kristian Beyl (“Hukmronlik”), Bredli Kuper (“Yulduz tug‘ildi”), Viggo Mortensen (“Yashil kitob”), Rami Malek (“Bogema rapsodiyasi”), Uillem Defo (“Van Gog. Abadiyat ostonasida”).

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Reychel Vays (“Ma’shuqa”), Redjina King (“Bil-strit gapira olganida”), “Emma Stoun (“Ma’shuqa”), Emi Adams (“Hukmronlik”), Marina De Tavira (“Roma”).

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Adam Drayver (“Qora klanchi”), Maxershala Ali (“Yashil kitob”), Sem Elliott (“Yulduz tug‘ildi”), Sem Rokuell (“Hukmronlik”), Richard Grant (“Meni kechira olasizmi?”).

Eng yaxshi multfilm: “Kelajakdan Miray”, “Ralf internetga qarshi”, “O‘rgimchak-odam: Koinotlar uzra” , “Super oila 2”, “Itlar oroli”.

Chet tilidagi eng yaxshi film: “Kapernaum”, “Roma”, “Do‘kon o‘g‘rilari”, “Sovuq urush”, “Hech qachon ortga qarama”.

“Oskar” taqdimoti marosimi 24-ferval kuni Los-Anjelesdagi “Dolbi” teatrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют