» » Rossiyalik ekspert: kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi

Rossiyalik ekspert: kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi


Yevropa ittifoqi va Rossiya o‘rtasida sobiq ittifoq hududida o‘z ta’sirini o‘tkazish borasida kurash boshlanadi. Bu haqda Sputnik agentligiga Strategik rejalashtirish instituti, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Germaniya pozitsiyasining O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyo davlatlarida mustahkamlanishi — bu jiddiy forpost (harbiy istehkom, tovarlar almashinadigan joy)”, — dedi u Sputnik O‘zbekiston efirida.

Hozir Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘z diqqat markazini Yaqin Sharqdan sobiq ittifoq hududiga o‘tkazmoqda, deb hisoblamoqda ekspert.

“O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda pozitsiyalarni mustahkamlash uchun jiddiy fikrlar paydo bo‘ldi”, — deydi Gusev.

Professor fikriga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida sobiq ittifoq hududida jiddiy kurash boshlanadi.

Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyevning qat’iy kursi tufayli O‘zbekiston tashqi siyosatida prinsipial o‘zgarishlar bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют