» » Yevropa ittifoqi Turkiyadan migratsiya shartnomasiga rioya qilishini so‘ramoqda

Yevropa ittifoqi Turkiyadan migratsiya shartnomasiga rioya qilishini so‘ramoqda


Yevropa ittifoqi Turkiya bilan munosabatlarda migratsiya bilan bog‘liq shartnomaga rioya qiladi. Ittifoq, shuningdek, Turkiyaning ham kelishuvlarga amal qilishini kutmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Ushbu kelishuv o‘zaro ishonch shartnomasi bo‘lib, biz ikki tomon ham o‘z vazifalarini bajarishini kutyapmiz”, — dedi Yevropa komissiyasi vakili.

Avvalroq Turkiyaning Yevropa ittifoqi bo‘yicha vaziri Omar Chelik o‘tgan yili ittifoq bilan erishilgan qochoqlar to‘g‘risidagi kelishuvga rioya qilishdan ma’no ko‘rmayotganligini ma’lum qildi.

14-mart kuni Bosh vazir o‘rinbosari Nu’man Kurtulmush xuddi shunday bayonot bilan chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mazkur bitimga Yevropa ittifoqining turklarga Yevropaga vizasiz kirish huquqini berish haqidagi va’dasi tufayligina rozi bo‘lgan. “Biroq, ko‘rinib turganidek, bu va’da amalga oshirilmaydi”, — dedi vakil.

Vazirning mazkur fikri Turkiya va Niderlandiya o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik mojaroga javob tarzida aytildi.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 08:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют