» » Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan muhojirlar bo‘yicha kelishuvni bekor qilishi mumkin

Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan muhojirlar bo‘yicha kelishuvni bekor qilishi mumkin


Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li agar Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolari uchun viza tartibini erkinlashtirish haqidagi va’dasini bajarmasa, Ittifoq bilan muhojirlar masalasidagi kelishuv bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Vazirning xabar berishicha, Anqara Bryusselga hujjatning so‘nggi matnini yuborishni rejalashtirmoqda.

“Hujjat matni yo to‘liq bajariladi, yo umuman bekor qilinadi, shu jumladan, viza tartibini erkinlashtirish va muhojirlar bo‘yicha kelishuv ham”, — deydi vazir o‘z bayonotida.

Noyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilish Yevropa Ittifoqi a’zoligining o‘rnini bosuvchi yo‘l ekanligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют