» » O‘zbekiston – Avstraliya o‘yini haqida Twitter’da nimalar deyildi? Kim futboldan bexabar qolib ketdi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

O‘zbekiston – Avstraliya o‘yini haqida Twitter’da nimalar deyildi? Kim futboldan bexabar qolib ketdi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar


Ijtimoiy tarmoqlardagi tesha tegmagan postlaru kommentlardan bahra olishingizga yordam berishda davom etamiz.

Hafta boshida tarmoqdagi asosiy mavzu, tabiiyki, futbol bo‘yicha Osiyo chempionatidagi O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar lotereyasida Avstraliyadan mag‘lubiyatga uchragan o‘yini va musobaqani tark etgani bo‘ldi. Bu haqda turli fikrlar uchradi, lekin, e’tibolisi, foydalanuvchilar ilgarigi mag‘lubiyatlardagidek tushkunlikka tushmadi, tanqid va haqoratlar yog‘dirib tashlamadi, balki, sal bo‘lsa-da, terma jamoa o‘yinida jonlanish bo‘lganini qayd etdi. Futbol haqidagi sara fikrlar, doimgidek, Twitter foydalanuvchilari tomonidan bitildi.

Термамизнинг Нестерови Ювенинг Буффони кабидир, армон билан кетмо?да...

— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) January 21, 2019

Яхши ўйин бўлди. Тўпсизам, тўп биланам яхши ?аракат ?илишди. Биринчи тайм зўр бўлди. Просто сал чарчашди, чунки, Австралия беш кун олдин ўйнаган, икки кун запаси бориди. Таъсир ?иладида.

— Herolion (@Aslanov_K) January 21, 2019

Абрамовга 90 минутда 6 та сухой гол уриб даббасини чи?арган Австралияга Купер брат 120 минут муносиб туриб берди. Гап йў?. Купергаям, йигитларгаям ра?мат ;)

— Нодир Мирходиев (@m_nodir) January 21, 2019

"Avstraliya yutadi" yoki "O'zbekiston Avstraliyani yutolarmidi" deb yozayotganlar o'yinni qanday ko'radi hayronman. Oldindan shunaqa gaplar bilan jar solib keyin o'yin davomida ishqilib parot bo'lmay deb Avstraliyaga muhlislik qilarmikin.

— Hikmatillo (@asperouzb) January 21, 2019

Хурсанд ?иладиган томони: ют?азиш, унга сабр ?илиш борасида тажрибамиз катта. Мана яна бугун ошди. Олдинда ЖЧ-2022 саралаши бор)

— Жасурбек Норметов (@JasurNormetov) January 21, 2019

Dilshod Odilov

Futbolchilarimiz Malibu’ni boshqa usul bilan ham olish mumkinligini bilib qolishgan shekilli.

Ushbu post muallifi nimaga ishora qilganini tushungan bo‘lsangiz kerak.

Аввалари доим Австралияни ма?лубиятга учратип юргандек хафа бўласиларей

— Гудмунингтичр (@Hazilku) January 22, 2019

Лентам Ўзбекистон термасини айтарли тан?ид ?илмаяпти, ?амма рози. Буна?аси муста?ил Твиттер тарихида биринчи марта :)

— А?маджон Юсупов (@ahmadpolvon) January 22, 2019

-Ха дадаси, бўлдими, тугадими, эртадан сериал кўраверамизми? - дейди, илонни ?абиладоши)

— УБМ ???????? (@omad1984) January 21, 2019

Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu trendda turgan bir paytda kimdir hatto futbol bo‘lganidan bexabar qolib ketibdi:

* * *

Yon-atrofimizdagi salbiy ishlarni ko‘rsatish va bundan boshqalarni qaytaruvchi nasihat postlar ijtimoiy tarmoqlarda  uchrab turadi. Shunday postlardan birini jurnalist Alisher Ro‘zioxunov joyladi. Ushbu suratni ko‘rgan har bir kish uning so‘zlariga qo‘shiladi, faqat shu ishni qilgandan bo‘lak:

Alisher Ro‘zioxunov

Yonib turgan chiroqni sindirish uchun mol yo kaltabin bo‘lish kerak. Soliq to‘lamagan, jamiyat mulkini ham himoya qilmaydi.

* * *

Alisher Usmonov O‘zbekistonga 8 million dollarlik nodir kitoblar kolleksiyasini sovg‘a qilgani haqidagi xabar xalq tomonidan olqishlandi. Albatta, milliarder vatandoshimizning bu ishi maqtovga loyiq.

Fransiyada istiqomat qiluvchi Facebok’da faol bloger Donyor Ro‘zmetov Fransiya ko‘chalarida qor yoqqanda fursatdan foydalanib ushbu mamlakat foydalanuvchilarining e’tiborini yana bir bor O‘zbekistonliklarga qaratdi:

Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi mavzularni biz bilan kuzatib, bir-biridan ajoyib post va izohlarni o‘qishda davom eting.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют