» » Samarqanddagi mashhur akvapark demontaj qilinmoqda

Samarqanddagi mashhur akvapark demontaj qilinmoqda


Samarqand akvapark demontaj qilinmoqda. Ushbu kompleks demontaj qilish boshlanganidan keyin aholi o‘rtasida turli gap-so‘zlar tarqalgan. Bu haqda Facebook’da ma’lum qilindi.

Ayrimlar uning yangi qurilayotgan uylar ixtiyoriga o‘tishini aytsa, ayrimlar kompleks yaqinida qurilayotgan mehmonxonaga berilishini ta’kidlagan.

“Sharq sanoat” ish boshqaruvchisi Baxtiyor Nazriyev bunga aniqlik kiritdi.

“Akvapark buzib tashlanmaydi, aksincha, joriy yilda xalqaro standartlarga javob beruvchi yangi ko‘rinishda taqdim etiladi. Basseyn avkatoriyasi kengaytirilib, bolalar cho‘milishi uchun joy bo‘ladi. Hozirda zamonaviy attraksionlar buyurta qilingan bo‘lib, shinam yozgi kafelar ham quriladi”, — deydi Baxtiyor Nazriyev.

Shuningdek, akvapark rekonstruksiyasida sanitar-gigiyena me’yorlariga amal qilishiga alohida e’tibor qaratilishini, suvni tozalovchi eng zamonaviy tizim o‘rnatilishi va basseynlar suvning “gullashiga” yo‘l qo‘ymaydigan maxsus plitalar bilan qoplanishini aytgan.

Akvapak rekonstruksiyasi va zamonaviy dam olish maskani loyihasiga umumiy qiymatda o‘rtacha bir million dollar investitsiya kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют