» » Yerdagi eng qadimiy mineral Oyda topildi

Yerdagi eng qadimiy mineral Oyda topildi


Olimlar Yerdagi ma’lum bo‘lgan minerallardan eng qadimiysini Oydan topgani taxmin qilinmoqda. U Oydan 1971-yilda Apollon-14 kemasida astronavtlar tomonidan olib tushilgan namunalarda aniqlangan. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Olimlarning ma’lum qilishicha, toshning kelib chiqishi Yerga bog‘liq ekanligining isboti vazni ikki gramm bo‘lgan kvarts, dala shpati va sirkonda. U Katta Bert deb nomlandigan toshning katta hissasi tarkibiga kirgan. Mazkur tosh Oyda juda kam uchraydigan, biroq Yerda juda keng tarqalgan minerallardan tashkil topgan.

Kimyoviy tahlil natijalariga ko‘ra, tosh Yerga o‘xshash kislotali tizimda, Yer harorati ostida shakllangan. Agar u Oyda shakllanganida, buning uchun u yerda umuman mavjud bo‘lmagan sharoit kerak bo‘lgan bo‘lar edi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu mineral Yerdan taxminan to‘rt milliard yil avval, asteroid yoki kometa o‘sha vaqtda yosh bo‘lgan sayyoraga urilgan vaqtda uchib ketgan. O‘sha vaqtda Yerning yoshi taxminan 540 million yilga teng bo‘lgan va koinotga toshning parchalari uchib ketgan.

O‘sha paytda Oy Yerga hozirgidan ko‘ra uch marta yaqin bo‘lgani uchun asteroid parchalarining bunday parvozni amalga oshirishi uchun barcha imkoniyat bo‘lgan.

Bu Yerning o‘sha vaqtdagi holatini aks ettirish va sayyorani hayot sari o‘zgartirgan asteroidlar bombardimonini tasavvur qilish uchun beqiyos topilma hisoblanadi, deyiladi olimlar xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют