» » Associated Press: Venesuela oppozitsiyasi yetakchisi dekabrda Vashingtonga borgan

Associated Press: Venesuela oppozitsiyasi yetakchisi dekabrda Vashingtonga borgan


Venesuela oppozitsiyasi so‘nggi bir necha hafta davomida AQSh va boshqa bir necha davlatlar hukumatlari bilan yashirin tarzda muzokara olib borgan. Oppozitsiya yetakchisi Xuan Guaydo esa Vashingtonga borgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan olinishida AQShga tezda qo‘shilgan Lotin Amerikasi davlatlari koalitsiyasi haftalab davom etgan sirli diplomatik aloqalar natijasida yuzaga keldi”.

Xabarda oppozitsiya a’zolaridan biri — Karakas sobiq meri Antonio Ledesmaning so‘zlari keltiriladi. Uning ma’lum qilishicha, Guaydo dekabr o‘rtasida AQSh, Kolumbiya va Braziliyada bo‘lib, ushbu mamlakatlar rasmiylarini 10-yanvarda bo‘ladigan ommaviy namoyishlar rejasi bilan tanishtirgan. Bu paytda Nikolas Maduro qasamyod qabul qilib, Venesuela prezidenti lavozimiga kirishgan edi.

Qayd etilishicha, oppozitsiyachilar kodlangan maktublar orqali ma’lumot almashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют