» » Lotin Amerikasi davlatlari Venesuela rasmiylarini namoyishlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi

Lotin Amerikasi davlatlari Venesuela rasmiylarini namoyishlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi


Venesuela hukumati 19-aprel, chorshanba kuni kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan ommaviy namoyishlar xavfsizligini ta’minlashi zarur. Argentina, Braziliya, Gvatemala, Gonduras, Kolumbiya, Kosta-Rika, Meksika, Peru, Paragvay, Urugvay va Chili hukumatlarining qo‘shma bayonotida shu haqda so‘z bordi, deya xabar beradi “TASS”.

“19-aprel kuni ham rasmiylar tarafdorlari, ham muxolifat tomonidan namoyishlar o‘tkazilishi e’lon qilinganini hisobga olib, Venesuela hukumatini konstitutsiyada ko‘zda tutilgan tinch namoyishlar huquqini kafolatlash va namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi hujjatda.

Lotin Amerikasi davlatlari hukumatlari norozilik aksiyalarining 6 nafar qatnashchisi halok bo‘lganini qoraladi. Mamlakat rasmiylarini “Venesuela boshidan kechirayotgan va mintaqada xavotir uyg‘otayotgan og‘ir tanglikni hal etish” uchun saylovlar o‘tkazish muddatini belgilashga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют