» » Venesuela mamlakatdagi dori taqchilligini bartaraf etishda BMTdan yordam so‘radi

Venesuela mamlakatdagi dori taqchilligini bartaraf etishda BMTdan yordam so‘radi


Venesuela hukumati BMTdan mamlakatdagi dori-darmon taqchilligini bartaraf etishda yordam so‘radi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Venesuela rahbari mazkur bayonotni BMT Taraqqiyot dasturining Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi davlatlari bo‘yicha hududiy byurosi direktori Jessika Fayeta bilan uchrashuvdan so‘ng bergan.

Men BMTdan xalqimizga iqtisodiy urush va neft narxining keskin tushishi oqibatida yetkazilgan iqtisodiy va ijtimoiy jarohatlarni davolashda yordam so‘radim.

Nikolas Maduro, Venesuela prezidenti

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, BMT Venesuela farmatsevtika sanoatining ishlab chiqarish quvvatlarini qayta tiklash borasida “jahondagi eng batafsil rejalarga ega”. So‘rovning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

2016-yilning aprel oyida Venesuela tibbiyot federatsiyasi rahbari Duglas Leon Natera mamlakat kasalxonalarida zarur dori vositalarining atigi 4—5 foizi qolganini, shifokorlar og‘ir kasallik bilan o‘g‘riyotgan bemorlarga yordam berish imkoniyatidan mahrum ekanini ma’lum qilgan.

2016-yilning may oyi oxiriga kelib Venesuela psixiatrlar jamiyati rahbari Vadalberto Rodriges psixik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarining jiddiy yetishmovchiligi yuzaga kelganini bildirgan. Keyinroq hukumat dori-darmon taqchilligi haqida bayonot berib, mamlakatda ularning taqsimlanishi bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotganini rasman ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют