» » Amerika davlatlari tashkilotiga kiruvchi 14 mamlakat hukumatlari Venesuelaning tuzilmadan chiqarishni ma’qullamadi

Amerika davlatlari tashkilotiga kiruvchi 14 mamlakat hukumatlari Venesuelaning tuzilmadan chiqarishni ma’qullamadi


Amerika davlatlari tashkilotiga (ADT) kiruvchi 14 mamlakat hukumatlari Venesuelaning tuzilmadagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yish haqidagi taklifni mavridi emas, deb hisoblamoqda.Bu haqda Argentina tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Biz ADT bosh kotibi Luis Almagroning Venesuela bo‘yicha hisobotini oldik. Uni tashkilot ichida harakatlar rejasini kelishib olish uchun sinchiklab o‘rganib chiqamiz. Shunday bo‘lsa-da, davlatning tuzilmadagi a’zoligini to‘xtatib qo‘yishni oxirgi chora deb hisoblaymiz. Bunday qaror qabul qilishdan avval barcha diplomatik urinishlar samarasiz yakunlangan bo‘lishi lozim”, — deyiladi bayonotda. 

Hujjatda Argentina, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, AQSh, Gvatemala, Gonduras, Meksika, Panama, Paragvay, Peru va Urugvay hukumatlari “qardosh Venesuela boshidan o‘tkazayotgan vaziyatdan chuqur tashvishda” ekanligi bildirilgan.

Ular mamlakat rasmiylarini siyosiy mahbuslarni ozod etish, Milliy assambleya qarorlari qonuniy ekanligini tan olish, saylovlar o‘tkazish muddatini belgilashga chaqirdi. 

ADT bosh kotibi Luis Almagro o‘tgan haftada mamlakatda qisqa muddatda yalpi saylovlar o‘tkazilmasa, Venesuelaning tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatishni taklif qilgandi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют