» » Venesuela prezidenti novvoylarga qarshi “urush e’lon qildi”

Venesuela prezidenti novvoylarga qarshi “urush e’lon qildi”


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma’muriyati mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz va “non urushi”ning avj olishi sabab unning 90 foizini non yopishga, qolgan 10 foizini esa tort va boshqa shirinliklar ishlab chiqarishga yo‘naltirish haqida qaror chiqardi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Mamlakat rahbariyatining qayd etishicha, non taqchilligiga mijozlarning asosiy ehtiyojini chetlab o‘tib, o‘z foydasini ko‘zlagan novvoyxonalar sababchi. Venesuelada non narxi hukumat tomonidan nazorat qilinadi.

Maduro poytaxt — Karakasdagi 709 ta novvoyxonaga nazoratchilar yo‘naltirilganini e’lon qildi. Qabul qilingan qarorga bo‘ysunmaganlarga jarima va mahsulotini tortib olish bilan tahdid qilinmoqda.

“Nonni xalqdan yashirayotgan chayqovchilar o‘z qilmishiga javob beradi. Qasam ichamanki, ular barchasi uchun javob beradi. Non urushiga javobgar shaxslar siyosiy ta’qibga uchragani uchun hasrat qilmagani ma’qul”, — deydi Maduro.

Novvoylar federatsiyasi — Fevipan zaxira unisiz ortiqcha non ishlab chiqara olmasligini aytmoqda.

Avvalroq, Venesuelada favqulodda holat tartibini oltinchi marotaba uzaytirilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют