» » Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘ldi

Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘ldi


Rasmiy Pekinning qarshiligiga qaramay, 25-yanvar kuni AQSh harbiy dengiz kuchlarining ikki kemasi Tayvan bo‘g‘ozi suvlarini kechib o‘tdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Bunga javob tariqasida Xitoy Tayvanning janubiy qirg‘oqlariga qiruvchi samolyotlarni yuborgan.

“McCampbell jangovar kemasi va yonilg‘i ta’minot kemasi xalqaro qonunga asosan bo‘g‘oz orqali ‘oddiy kechib o‘tish’ni amalga oshirgan”, — deydi Tinch okeani flotining AQShdagi vakili Tim Gorman.

Uning aytishicha, Amerikaning harbiy dengiz kuchlari xalqaro huquq bilan ruxsat berilgan istalgan joyda uchishi, yurishi va harakatni amalga oshirishi mumkin.

Xitoy bunga javob ravishda AQShni “Yagona va bo‘linmas Xitoy” tamoyiliga rioya qilishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют