» » Naomi Osaka 21 yoshida jahonning 1-raketkachisi bo‘ldi. Bir yil oldin u 72-o‘rinda edi

Naomi Osaka 21 yoshida jahonning 1-raketkachisi bo‘ldi. Bir yil oldin u 72-o‘rinda edi


21 yoshli yaponiyalik Naomi Osaka Australian Open musobaqasi finalida Petra Kvitovani 3 setda 7:6, 5:7, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Osaka ikkinchi marta “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi va faoliyatidagi 3-g‘alabasiga erishdi.

O‘tgan yilga qadar u birorta sovrinni qo‘lga kiritmadi, hattoki yoshlar o‘rtasida ham.

Yaponiyalik tennischi ushbu sovrinni 2-marta ketma-ket qo‘lga kiritdi. U 18 yil ichida “Katta dubulg‘a” turkumi musobaqalaridagi ilk g‘alabasidan so‘ng shunday darajadagi turnirda yutgan birinchi tennischi bo‘ldi (So‘nggi bor 2001-yilda Jennifer Kapriati Australian Open hamda “Rolan Garros” g‘olibi bo‘lgandi).

Bundan tashqari, Osaka “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqa sovrinini ketma-ket 2-marta qo‘lga kiritdi. Bunday natijani Serena Uilyams 2014—2015-yillarda(Serena ketma-ket 4 ta katta musobaqani yutgandi) qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik tennischi bir yil oldin jahon reytingida 72-o‘rinni band qilgandi. So‘nggi musobaqadan keyin 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Tennis tarixida hech qaysi ayol raketka ustasi bunday natijaga erisha olmagan. Shuningdek, u Osiyo qit’asidan birinchi bo‘lib dunyo reytingini boshqaradi.

Australian Open

Melburn, Avstraliya

14—27-yanvar kunlari

“Katta dubulg‘a” musobaqasi

Yutuq jamg‘armasi— 60 million Avstraliya dollari

Ochiq kort, xard

Yakkalik bahslar

Final

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют