» » Shohjahon Ergashev WBA kamaridan mahrum bo‘ldi

Shohjahon Ergashev WBA kamaridan mahrum bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (15 ta jang, 15 ta g‘alaba, 14 tasi nokaut bilan) WBA International kamari olib qo‘yildi, deb yozadi GoSport.

2018-yilning 28-aprel kuni Shohjahon Ergashev xitoylik Jimin Vangga qarshi ringga ko‘tarilgan va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, mazkur chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Shundan so‘ng u 3 marotaba jang qilgan bo‘lsa-da, kamar himoyasi uchun jang qilmadi.

Professional boks yo‘nalishlari qoidalariga ko‘ra, odatda chempionlik kamarini 3 oyda bir marotaba himoya qilish zarur. Agar 6 oy ichida kamar himoya qilinmasa, bu o‘rin vakant sifatida qayd qilinishi va yangi jang belgilanishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Shohjahon Ergashev WBA reytingida 5, IBF reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют