» » Uzbekistan Airways uchta yangi yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways uchta yangi yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘yadi


Uzbekistan Airways 2019-yilda Tbilisi, Myunxen va Karachi yo‘nalishlarida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda Sputnik kompaniya matbuot xizmatiga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan uch oy ichida aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jiddaga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Undan tashqari Moskva yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 27 taga yetkazildi va Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Farg‘ona shaharlarini Moskva bilan bog‘lab turgan parvozlar umumiy soni 49 taga yetdi.

Shuningdek, Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-Don, Ostona va Novosibirsk shaharlariga ham parvozlar soni oshirildi. Istanbulga parvozlar soni Toshkentdan 10 taga, Samarqanddan 2 taga yetkazildi.

Undan tashqari o‘tgan yil davomida O‘zbekiston havo yo‘llari 21 mingta parvozlar amalga oshirib, 3 million yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют