» » AQShda yangi yadroviy kallaklar yaratishga kirishildi

AQShda yangi yadroviy kallaklar yaratishga kirishildi


AQShda prezident Donald Tramp ma’muriyatining topshirig‘iga binoan kichik quvvatli W76-2 yangi yadro kallaklarini ishlab chiqarish boshlangan. Bu haqda Defense News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Jangovar kallaklar Texasda Pantax korxonasida ishlab chiqilmoqda va joriy yilning oxirigacha harbiy-dengiz kuchlariga qabul qilinadi.

Yadroviy zaryadlar AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Trident ballistik raketalari uchun mo‘ljallangan W76-1 jangovar kallagi asosida tayyorlangan.

Biroq bunday qurolning ishlab chiqarilishi AQSh Kongressida kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Yadro quroli tarqatilmasligining tarafdorlari va ba’zi demokratlar bunday qurollarning qo‘llanilishidan xavfsiragan. Bundan tashqari, palataning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adam Smit W76-2 ning moliyalshtirilishini bekor qilishga erishish niyati haqida ma’lum qilgan, shuning uchun bo‘lajak qurol katta savol ostida qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют