» » Paxtachida 20 yoshli fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topildi

Paxtachida 20 yoshli fermer yigit uyi molxonasida osilgan holda topildi


Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 28-yanvar kuni 21 yoshli O.N o‘z uyi molxonasida osilgan holda topildi, deb xabar berdi “Zarafshon” gazetasi.

Paxtachi tumanining Istiqbol mahallasida fermerlik bilan shug‘ullanib kelgan yigitning nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.

Yaqin qo‘shnilaridan birining aytishicha, voqea 28-yanvar kuni kechki payt sodir bo‘lib, yigitning onasi mollarga suv bergani molxonaga kirganida, o‘g‘lini qo‘y bog‘laydigan arqon bilan yog‘och to‘singa osilgan holda ko‘rgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, O.N. nafas yo‘llarining berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida vafot etganligi aniqlangan.

O‘lim sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo marhumning yaqin qarindoshi oilada beshta jon, boshqalar qatori zo‘rg‘a kunini ko‘rib yashashini, yigitning ruhiy muammosi yo‘qligini, bu holatdan barcha birdek hayronligini aytdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘z joniga qasd qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют