» » Tojikistonda o‘g‘lining ko‘z o‘ngida xotinini otib tashlagan militsiya xodimi 19 yilga qamaldi

Tojikistonda o‘g‘lining ko‘z o‘ngida xotinini otib tashlagan militsiya xodimi 19 yilga qamaldi


Tojikistonning Xatlon viloyati sudi xotinining o‘limida aybdor deb topilgan Vaxsh tumani ichki ishlar bo‘limi sobiq xodimini 19 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

2018-yil 8-sentabrda Vaxsh tumanining Ro‘dakiy jamoatida yashovchi Tursunjon Aminjonova o‘z uyida o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgandi. Tuman prokuraturasi ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilib marhumaning turmush o‘rtog‘i, tuman IIB katta inspektori Nabijon Holiqzodani qo‘lga oldi.

Vaxsh prokurori Salohiddin Ismoilzodaga ko‘ra, u mazkur qotillikni oilaviy janjal tufayli amalga oshirgan.

“U xotiniga o‘sha kuni xizmat topshirig‘i uchun olgan tabel qurolidan o‘q uzgan. Qotillik voyaga yetmagan o‘g‘lining ko‘z o‘ngida sodir etilgan”, — dedi prokuror.

Holiqzodaning ikkinchi xotini ham borligi, militsiya xodimi unga ham qurol va pichoq yordamida tahdid qilgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют