» » Rossiyada 22 nafar ayolning boshiga yetgan jinoyatchiga yana 59 nafar ayolni o‘ldirganlik aybi qo‘yildi

Rossiyada 22 nafar ayolning boshiga yetgan jinoyatchiga yana 59 nafar ayolni o‘ldirganlik aybi qo‘yildi


Rossiya Tergov qo‘mitasi Irkutsk viloyatida 22 nafar ayolni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq militsiya xodimi Mixail Popkovga yana 59 ta qotillik va 1 ta o‘ldirishga urinishda uzil-kesil ayblov e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Tergovga manbalariga ko‘ra, Popkov 20 yil davomida Irkutsk viloyatida kamida 84 ta qotillikni amalga oshirgan. 2015-yil yanvarida u 22 nafar ayolning umriga zomin bo‘lgani va yana 2 nafar ayolni o‘ldirishga urinishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. 

Keyinchalik Popkov yana 59 ta qotillikni amalga oshirganini tan oldi. Barcha jabrdiydalar 16 dan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollar ekanligi aniqlandi.

Ekspertiza tomonidan ruhiy sog‘lom deb topilgan sobiq militsiya xodimi ayollarga 1994—2000-yillarda hujum uyushtirgani qayd etilgan. Jinoyatchi 2012-yili Vladivostokda qo‘lga olingandi. 

Опубликовано: admin (27-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют