» » Barak Obamani o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalik fuqaro yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Barak Obamani o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalik fuqaro yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


AQShning Massachusets shtati sudi Mensfild shahrida yashovchi Endryu O’Kifni olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Fuqaro FQB saytiga AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirish haqidagi tahdidni joylashtirgan. Hukm e’lon qilinguniga qadar 31 yoshli O’Kif qamoqda yarim yil ushlab turildi, shuning uchun u sud zalida ozod qilingan. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

O’Kifning qamoqqa tushishiga sabab bo‘lgan hodisa 2015-yil may oyida sodir bo‘lgan. O’Kif FQBning anonim xabar qabul qilish tarmog‘i orqali tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bergan.

Ikki kundan so‘ng O’Kif yashagan uyga FQB xodimlari kelgan. O’kif uy eshigini ochmagan. Bir soatlik muzokaradan so‘ng O’Kif agentlarga o‘zini topshirgan. Tintuv davomida uning uyidan yuzdan ortiq sovuq qurol topilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida O’Kif o‘z aybini tan olgan va hukmni kuta boshlagan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют