» » Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalik ikki yilga qamaldi. Avvalroq u Obamaga tahdid qilgan edi

Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalik ikki yilga qamaldi. Avvalroq u Obamaga tahdid qilgan edi


Nyu-York shtatidagi Lokport shahrida yashovchi fuqaro prezident Donald Trampni o‘ldirish rejasini ma’lum qilganligi uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi. Bu haqda Niagara okrugi prokuraturasi vakiliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

20 yoshli Jared Braun 2016-yilning dekabrida Lokport politsiya boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, Trampni o‘ldirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Braun 2015-yilda Barak Obamani o‘ldirish haqidagi rejalari haqida politsiyaga ma’lum qilgandan so‘ng, qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Qamoq jazosining 15 oyini o‘tagandan keyin shartli ravishda muddatidan avval ozod etilgan edi. Yigit Donald Trampga tahdid qilgan kunning o‘zidayoq politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

“Braun o‘zining muddatidan avval ozod qilinishi shartlarini buzdi”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют