» » Qurolsiz falastinlikni o‘ldirgan Isroil harbiy xizmatchisi 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qurolsiz falastinlikni o‘ldirgan Isroil harbiy xizmatchisi 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi


SAXAL harbiy xizmatchisi Elor Azariya falastinlik Abdul Fattoh Sharifni o‘ldirgani uchun 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Sud Azariya o‘zini himoya qilish chegarasini oshirib yuborgan — falastinlik pichoq bilan isroillik harbiylarga tashlanganida, Elor qurolsizlantirib bo‘lingan falastinlikning boshiga qarata o‘q uzgan. Jazodan tashqari, Azariyaning harbiy unvoni serjantdan oddiy askargacha pasaytirilgan.

Harbiy xizmatchining advokatlari sudning bu qarori ustidan shikoyat qilmoqchi. Ayblov tomoni Azariyani 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan edi.

2016-yilning 24-mart kuni Elor Azariya Hevronda falastinlik Abdul Fattoh Sharifni otib tashlagan. Sharif pichoq bilan harbiy xizmatchiga hujum qilgan, uni bir necha bor yarador qilib, so‘ng qurolsizlantirishgan. Harbiy shifokor hisoblangan Azariya hodisa joyiga 10 daqiqadan so‘ng yetib kelgan va falastinlikning boshiga qarata o‘q uzgan. Isroillik jabrlanuvchi Azariyaning tanishi bo‘lgan. Qotillik yuz bergan vaziyat videoga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют