» » Fox News so‘rovnomasi amerikaliklar OAVlaridan ko‘ra Trampga ko‘proq ishonishini ko‘rsatdi

Fox News so‘rovnomasi amerikaliklar OAVlaridan ko‘ra Trampga ko‘proq ishonishini ko‘rsatdi


Fox News telekanali so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, amerikaliklar OAVlaridan ko‘ra AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘proq ishonadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Telekanalning ma’lum qilishicha, so‘rovda qatnashganlarning 45 foizi prezidentga ko‘proq ishonadi, ishtirokchilarning 42 foizi ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatladi. So‘rovda qatnashganlarning yana o‘n foizi hech kimga ishonmasligini ma’lum qilgan.

So‘rovnoma, shuningdek, amerikaliklarning 68 foizi OAVlari Trampga nisbatan Barak Obamaga qaraganda ko‘proq tanqidiy munosabat bilan yondashmoqda deb hisoblashini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning 55 foizi prezident shaxsining matbuotda “agressiv” yoritish tarafdori ekanligini ma’lum qilgan.

Tadqiqot, shuningdek, respublikachilarning 81 foizi prezidentni qo‘llab-quvvatlashi, demokratlarning 79 foizi esa aksincha OAVlari tarafdori ekanligini ko‘rsatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют