» » AQSh Demokartik partiyasi Trampni hokimiyatdan chetlatish rejasini ishlab chiqdi

AQSh Demokartik partiyasi Trampni hokimiyatdan chetlatish rejasini ishlab chiqdi


AQSh Demokratik partiyasi vakili Devid Brok mamlakat prezidenti Donald Trampni impichmentga olib boradigan reja ishlab chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Puxta ishlangan reja “Demokratiyaning ahamiyati bor: harakatlar strategik rejasi” nomi ostida demokratlarning Floridada sarmoyadorlar bilan uchrashuvidan so‘ng e’lon qilindi.

Brok ishlab chiqilgan dastur Trampni 2020-yilga qadar impichmentga olib borishiga ishonch bildirmoqda. Demokrat barcha fuqarolar va sarmoyadorlarni Amerikaning yangi prezidentiga qarshi o‘zaro kelishgan holda kurashishga chaqirdi.

Trampni hokimiyatdan chetlatish dasturi uning barcha xatolarini tanqid qilishni, shuningdek, davlat rahbari oilasi harakatlarini kuzatishni ko‘zda tutib, bu prezidentning xizmat lavozimini suiiste’mol qilishda ayblashga ko‘mak berishi mumkinligini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, Trampning boshqa davlatlar rahbarlari bilan aloqalarini kuzatish hamda respublikachilarga ziyon yetkazish uchun yangi ma’muriyatning har bir qadamini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi guruh tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbarini qo‘llab-quvvatlovchi mutaassib OAVlarining noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishi bilan kurashish demokratlar uchun asosiy vazifalardan biri bo‘lishi qayd etildi.

Oxir-oqibat demokratlar 2018-yilda Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, Trampni impichmentga olib borishni xohlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют