» » Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampning birinchi ish oyidan norozi

Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampning birinchi ish oyidan norozi


AQSh aholisining yarmidan ko‘pi Donald Trampning prezident sifatidagi faoliyatining birinchi oyidan qoniqish hosil qilmadi.

Bu haqda, NBC News telekanali va SurveyMonkey platformasi birgalikda o‘tkazgan so‘rov natijalariga asoslanib, The Hill xabar bermoqda.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklarning 54 foizi yangi prezidentning faoliyatidan norozi, 43 foiz respondent esa Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan tashqari, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 31 foizi hukumatning ishidan “asabiylashayotganini” bildirgan bo‘lsa, amerikaliklarning 43 foizi hukumat faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi.

So‘rovnomada qatnashganlarning 50 foizi Trampning muhojirlarga qarshi qaratilgan va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan farmonini ma’qullagan, 47 foiz respondent unga qarshi chiqqan.

Qayd etishlaricha, so‘rovnoma 13—19-fevral kunlari davomida 11 512 nafar amerikalik orasida o‘tkazilgan. So‘rovnoma internetda tashkil etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют