» » Behzod Hamroyev: 100 ming so‘mlik kupyura inflyatsiya ortishiga emas, aksincha, pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi

Behzod Hamroyev: 100 ming so‘mlik kupyura inflyatsiya ortishiga emas, aksincha, pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi


Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamroyev Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 16 foizda o‘zgarishsiz qolganini izohladi, deb yozadi O‘zA.

Bunga sabab inflyatsiyaning prognozga nisbatan past bo‘lgani, ya’ni meva-sabzavotlarning narxi o‘tgan yilga nisbatan oshmagan.

Shuningdek, iqtisodiyotda dollarizatsiya pasayib, so‘mga ishonch ortmoqda. Bu fikr banklardagi xorijiy valyutadagi depozitlarning omonatlardagi ulushi o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga pasayib, 30 foizni tashkil etganida o‘z isbotini topmoqda.

Xususan, yanvar oyining 30 kunida banklarga 770 milliard so‘m depozitlar qo‘yilgan bo‘lib, agarda inflyatsiya xuruji bo‘lsa, odamlar pul jamg‘armagan, balki undan xarid maqsadida foydalangan bo‘lardi.

Inflyatsiya sur’atining pasayishda davom etayotgani, iqtisodiy faollik ortib borayotgani albatta quvonarli. Chunki o‘tgan yili inflyatsiya darajasi 16-17 foiz deya prognoz qilingan edi. 2018-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi 14,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning o‘tgan bir oyida esa bankning joylardagi o‘rganishlari natijasi inflyatsiya darajasini 1,4 foizga teng ekanini ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 2,7 foizni tashkil etgan.

Qayd etish joizki, inflyatsiyaning eng yuqori bo‘lgan davri ko‘p hollarda yilning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda esa barqarorlik kuzatilmoqda.

Ko‘pchilik 100 ming so‘mlik kupyuraning chiqishi inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin, degan fikrda bo‘lishi mumkin.

Biroq, Markaziy bank o‘tkazgan brifingda dizayni yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilayotgan yangi pul birligi inflyatsiya ortishiga emas, aksincha, uning pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Yirik bo‘lgan bu pul jamg‘arib borishga qulayligi bilan bir vaqtda odamlarni dollar yig‘ishga bo‘lgan qiziqishini pasaytirishi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют