» » Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi

Rasman: O‘zbekiston boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi


2-fevral, shanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federatsiyasining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boks federatsiyasining yangi vitse prezidenti lavozimiga tadbirkor Saken Po‘latov saylandi.

Saken Po‘latov bir necha yillardan buyon Toshkentning “Lokomotiv“ futbol klubi tizimida(qaysi lavozimdaligi ma’lum emas) faoliyat yuritib keladi. Po‘latov 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U, shuningdek, “Orient Finans Bank” boshqaruv kengashi raisi hisoblanadi.

Avvalroq federatsiyaning so‘nggi to‘rt yillikdagi birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgandi. U sog‘lig‘i sabab yig‘ilishda ishtirok eta olmadi.

Sherzod Toshmatov 2014-yilning noyabr oyidan federatsiyada faoliyat yuritib keldi. Federatsiya prezidenti Ochilboy Ramatov bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari, O‘zbekiston futbol federatsiyasining prezidenti bo‘lgani bois, federatsiyani asosan Toshmatov boshqarib kelgan.

Uning rahbarligi davrida havaskorlar bo‘yicha O‘zbekiston boks terma jamoasi ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan, Rio—2016 musobaqasida 3 ta oltin (jami 7 ta) medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.

2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida esa 5 ta oltin, 2 ta kumush medallar bilan yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni, yil yakunlari bo‘yicha esa Osiyoning eng yaxshi federatsiyasi nomini qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют