» » Piskentda mast fuqaro “Jiguli”ni olib qochib, Nexia’ga borib urildi

Piskentda mast fuqaro “Jiguli”ni olib qochib, Nexia’ga borib urildi


1-fevral kuni soat 21:30 atrofida Toshkent viloyatining Piskent tumani “Maylobod” mahallasida yashovchi O.F. mast holda “Oybek” mahallasi hududida joylashgan “Anor” choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan, “Mitan” mahallasida yashovchi Sh.D.ga tegishli VAZ-2106 “Jiguli” mashinasini haydab qochgan.

Natijada Amir Temur ko‘chasida ushbu avtomashina boshqaruvini eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va fuqaro M.A. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashuv sodir etgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida O.F. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют