» » Rossiyalik reper Desl 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Rossiyalik reper Desl 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi


Desl taxallusi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik reper Kirill Tolmaskiy 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning otasi, prodyuser Aleksandr Tolmaskiy Facebook’da ma’lum qildi.

“Kirill endi yo‘q”, deya yozuv qoldirgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Deslning o‘limi sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Uning ma’muri Pavel Belens xonandaning yuragi to‘xtab qolganini bildirdi.

Kirill Tolmaskiy 1983-yil 22-iyulda Moskvada tug‘ilgandi. “Bad B. Alyans” guruhining sobiq ishtirokchisi. Yakkaxon ijrochi tariqasida jami 8 ta musiqiy albom tayyorlagan. Ilk albomi — “Kto? ti” milliondan ortiq nusxada tarqalgan va Rossiyada eng ko‘p sotilgan to‘plamlar qatoriga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют