» » Bankrot bo‘lgan reper 50 Cent albomlar va bitkoin savdosi tufayli yana boyib ketdi

Bankrot bo‘lgan reper 50 Cent albomlar va bitkoin savdosi tufayli yana boyib ketdi


50 Сent taxallusi ostida mashhur bo‘lgan reper Kyortis Jeyms Jekson 2015-yilda bankrot bo‘lganini e’lon qilgan. Uning qarzlari 10 milliondan 50 million dollargacha bo‘lgan, deb yozmoqda TJournal.

24-yanvarda reper yana boyib ketgani va kriptovalyuta savdosidan yetti million dollar ishlab olingani haqida xabar berildi. Xabarga ko‘ra, reper 2014-yilda taqdim etilgan “Animal Ambition” nomli albomini kriptovalyutaga sotgan va o‘sha vaqtdagi narxda qiymatda 400 ming dollar bo‘lgan bitkoin ishlab olgan.

U shu vaqtga qadar kriptovalyutasidan foydalanmagan. 2017-yilning oxiriga kelib, bitkoinning narxi 11—12 ming dollarga ko‘tarilganda u o‘z kriptovalyutasini sotgan va yetti million dollardan ortiq daromad ishlab olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют