» » Messi La Liga tarixidagi eng ko‘p penaltidan gol urgan futbolchilar uchligiga kirdi

Messi La Liga tarixidagi eng ko‘p penaltidan gol urgan futbolchilar uchligiga kirdi


2-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha La Liganing 22-turida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Valensiya” darvozasiga 2 ta gol kiritdi. Leo gollardan bittasini esa penaltidan urdi (2:2).

31 yoshli argentinalik Ispaniya chempionatida 11 metrlik jarima zarbasidan 50 ta va undan ko‘p gol urgan 3-futbolchiga aylandi, deb xabar beradi MisterChip.

Messi La Ligada 61 ta penalti tepib, 50 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionat tarixida “Real” sobiq hujumchilari — Ugo Sanches (71 ta urinishda 56 ta gol) hamda Krishtianu Ronaldu (72 ta urinishda 61 ta gol) undan ko‘p gol urgan.

Messi faoliyati davomida 11 metrlik jarima zarbasidan 109 ta urinishda jami 84 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют