» » Farg‘onada mahalladoshining uyidagi vagonchada mast holda uxlab qolgan fuqaro isitish pechidan chiqqan yong‘inda halok bo‘ldi

Farg‘onada mahalladoshining uyidagi vagonchada mast holda uxlab qolgan fuqaro isitish pechidan chiqqan yong‘inda halok bo‘ldi


2019-yilning 2-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan va yong‘in o‘chirish vaqtida Qamchipurush MFYda yashagan Sh.I.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in Sh.I.ning vagoncha ichida elektr isitish pechini yoqib, mast holda uxlab qolishidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют