» » Andijonda targ‘ibot dekadasi 9 mingdan ziyod yoshlarni qamrab oldi

Andijonda targ‘ibot dekadasi 9 mingdan ziyod yoshlarni qamrab oldi


Joriy yilning 20—30-yanvar kunlari Andijon viloyatining hamma tuman va shaharlarida “Barchasi o‘z qo‘lingda!” shiori ostida yoshlar targ‘ibot dekadasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashining press klub yetakchisi Avazbek Arabboyev “Daryo”ga xabar bermoqda.

10 kun davom etgan tadbirda ko‘plab loyihalar tashkil etilib, 9 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi.

Sodir etilayotgan huquqbuzarliklar oldini olish borasida viloyat miqyosida 36 marotaba “Tungi reydlar” o‘tkazilib, unda 60 dan ortiq voyaga yetmaganlarning tunda bemaqsad yurganligi aniqlandi va ularga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvlarida 2270 nafar yigit-qizlar qatnashdi. Ular tomonidan 647 ta muammo va takliflar bildirilib, shundan 386 ta murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli chora-tadbirlar belgilanib ijroga qaratildi.

Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni sog‘lom muhitga qaytarish va doimiy nazoratda bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Huquq va burch” targ‘ibot tadbirlari ham uyushtirildi. Unda malakali mutahassislar tomonidan yoshlarga kerakli tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Targ‘ibot dekadasi davomida nazoratsiz qolgan va ko‘chada maqsadsiz yurgan, voyaga yetmagan yoshlar ishtirokida psixologik suhbatlar, ochiq muloqotlar, shuningdek, “Men kasb tanlayman” shiori ostida mehnat yarmarkalari va treninglar, sport musobaqalari ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют