» » Uzbekistan Airways Toshkentdan Moskvaga chiptalar narxini 100 yevrogacha pasaytirdi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Moskvaga chiptalar narxini 100 yevrogacha pasaytirdi


2019-yilning 4-fevralidan 31-martiga qadar Uzbekistan Airways tomonidan Moskva—Toshkent—Moskva reyslariga aviachiptalarni eng arzon klasslar bo‘yicha bron qilishning (O, S, U va L) narxi pasaytirildi. Bu haqda kompaniya “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur davrda Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 100 yevrodan, har ikki tomonga esa 200 yevrodan boshlanadi.

Moskvadan Toshkentga va Toshkentdan Moskvaga reyslar har kuni, kuniga uch marta amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviachiptalarini book.uzairways.com sayti va aviakompaniyaning chiptalar sotuvchi ofislaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 140-02-00.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют