» » Namanganda o‘gay onasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘lini o‘ldirgan otaga hukm chiqarildi

Namanganda o‘gay onasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘lini o‘ldirgan otaga hukm chiqarildi


Namangan viloyatining Norin tumanida o‘g‘lining qotiliga aylangan otaga sud hukmi chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Jasur Qurbonov ma’lum qildi.

2018-yilning avgust oyida J.Bahromov (ism-shariflar shartli) spirtli ichimlik ichib kelib, turmush o‘rtog‘i M.Bahromova bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Turmush o‘rtog‘ining ichkilikdan tiyilish haqidagi gaplariga quloq solmay, ko‘chaga chiqib ketadi.

Shundan so‘ng akasi X.Bahromovning uyiga borib, u yerda ham janjal ko‘taradi. Bu vaqtda yaqin oradagi hovlida yashaydigan otasi B.Bahromov o‘g‘lidan xabar olgani chiqadi. Kichik farzandining akasining tinchini buzayotgani ko‘rib, uni uydan chiqarib yuboradi.

Ko‘chaga chiqqan vaqtida J.Bahromov o‘gay onasini ko‘rib qoladi va uni haqorat qilib, qo‘l ko‘taradi. Buni ko‘rgan B.Bahromov o‘g‘lini to‘xtatmoqchi bo‘ladi, lekin kuchi yetmaydi, farzandi o‘zini ham urib, yerga yiqitib yuboradi. Shundan so‘ng u uyiga kirib, oshxonasidan pichoq olib chiqib, o‘g‘lining chap soniga tiqib oladi. J.Bahromovni qo‘shnisi yo‘lovchi avtomashinada shifoxonaga olib ketadi.

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, J.Bahromov shifoxonada vafot etadi. B.Bahromov qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi ochiladi.

Sud tergovi jarayonida J.Bahromov haqida iliq fikr bildirilmadi. Uning muntazam spirtli ichimlik ichib, janjal ko‘tarib yurgani ta’kidlandi.

Sudda B.Bahromov qilgan ishidan pushaymonligi, bunday bo‘lishini xohlamagani, o‘z o‘g‘lining qotiliga aylanganidan afsusdaligi, bir ko‘zi ko‘rmasligi, hozirda uyda turmush o‘rtog‘i bir o‘zi qolgani, oilaviy sharoiti og‘irligini inobatga olib, qonuniy yengillik berilishini so‘radi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi ushbu jinoyat ishini atroflicha ko‘rib chiqib, B.Bahromovni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют