» » Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshiradi

Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshiradi


Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish uchun hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha muhokamalar boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov OTBining ijtimoiy sektor bo‘yicha katta mutaxassisi Shin Long boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki vakillari O‘zbekiston bilan 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi bo‘yicha ish olib borayotganini alohida ta’kidladi va mazkur uchrashuv Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlab olishga qaratilganligi aytildi.

Uchrashuv davomida OTB mutaxassislari davlat ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdi. XTVning asosiy vazifasi ta’lim sifatini oshirishdan iborat.

Shuningdek, maktablar infratuzilmasini, jumladan “Zamonaviy maktab” dasturi doirasida, takomillashtirish, o‘quvchilarning bilimi va o‘qituvchilarning malakasini baholash tizimini joriy etish hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda Osiyo taraqqiyot banki hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga xalq ta’limi tizimga axborot texnologiyalarini joriy etish hamda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) fanlarini o‘qitishni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida OTB va boshqa xalqaro hamkorlarning moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va muhokama etish kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют