» » Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashining ilk yig‘ilishi joriy yil birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi

Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashining ilk yig‘ilishi joriy yil birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi


Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashining ilk yig‘ilishi joriy yil birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Bruno Balvanera bilan muzokaralari yakunida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz” .

Tomonlar yig‘ilishni tashkillash, shuningdek, YTTB prezidenti Suma Chakrabartining mazkur tadbir doirasidagi O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Bank bilan hamkorlikda tuzilayotgan kengash faoliyati hukumat uchun investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Uning tarkibiga O‘zbekiston hukumati, YTTB, boshqa xorijiy banklar va moliya institutlari, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy biznes-assotsiasyalar vakillari kirishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют