» » Bandlik vazirligi Rossiyada halok bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikning jasadini olib kelishda yordam beradi

Bandlik vazirligi Rossiyada halok bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikning jasadini olib kelishda yordam beradi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyada halok bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelishda yordam beradi. Bu haqda vazirlik ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

6-fevral kuni Sankt-Peterburgdagi “Shimoliy zavod”da 28 yoshli  Alisher Usarov balandlikdan qulab, halok bo‘lgan. Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilayotgan bo‘lib, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Ayni paytda marhumning jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi byurosida saqlamoqda.

Shuningdek, 6-fevral kuni 20 yoshli Tolibjon Esonov Leningrad viloyatining Murino shahrida qurilayotgan turar joy binosining 14-qavatidan tushib ketgan.

Ushbu voqea yuzasidan hozircha jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. Marhumning jasadi Toksovo shahridagi morgda saqlanmoqda. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Halok bo‘lganlarning jasadini  O‘zbekistonga yuborish uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.  Vazirlik xodimlari ularni olib ketishga ruxsat berilishini kutmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют