» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol” va “Baxtli oila” kitoblari rus tilida nashr etildi (foto)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol” va “Baxtli oila” kitoblari rus tilida nashr etildi (foto)


9-fevral kuni “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa uyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol” va “Baxtli oila” kitoblarining rus tilidagi talqini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Taqdimotda MDH mamlakatlari, turli xil tashkilotlar, korxonalardan faxriy mehmonlar, diniy o‘quv muassasalariing o‘qituvchilari va talablari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdimotda nutq so‘zlaganlarning fikriga ko‘ra, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ushbu hudud musulmonlarining yetakchilaridan biri sifatida, musulmonlarda haqiqiy bilimlarni olish imkoni bo‘lishi uchun odamlarga Islomning asoslarini tushuntirib berish, ularga islom ta’limotning to‘g‘ri talqinini yetkazishni o‘zlarining burchlari, deb hisoblardi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va ularning safdoshlari ilk bor o‘tgan asrning 90-yillarida rus tiliga muqaddas Qur’onning ma’nolarini tarjima qilishga kirishishdi. O‘rta Osiyo musulmonlari diniy idorasining rus tili bo‘yicha mutaxassislari guruhi “Tafsiri Hilol”ning 29- va 30- poralarini tarjima qildi. Ushbu ikki jild chop etildi, ularni ko‘pchilik o‘qib chiqdi va bu ishni ma’qulladi.

O‘sha paytlarda hali O‘zbekistondan tashqaridagi katta hududning ehtiyojlarini qondirish va boshqa tillarda kitoblarni chop etish uchun hali imkoniyatlar yo‘q edi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning o‘zbek tilidagi kitoblarning chop etilishi va keng tarqatilishi yo‘lga qo‘yilganidan keyin boshqa tillarga kitoblarni tarjima qilishga e’tibor qaratish uchun ham imkoniyat paydo bo‘ldi. Joylarda Shayxning ayrim asarlari mustaqil ravishda ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, qo‘miq, tojik, turkman, tatar va rus tillariga tarjima qilinayotganligi to‘g‘risida xabarlar kelib tusha boshladi. Ko‘pchilik avvaldan Shayxning shaxsan ruxsatlarini olar edi.

Sekin-asta Shayx boshchiliklarida tarjimon va muharrirlar guruhi tuzildi, ularning kitoblari rus tilida chop etila boshlandi.

“Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, bugungi kunda davlat miqyosida buyuk olim va arbob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning xotiralariga ehtirom bildirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslariga ko‘ra Toshkentda, bu yerda, bizning yonimizda, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataladigan, ma’rifat markazi bilan birgalikdagi masjid majmuasi jadal sur’atlarda bunyod etilmoqda.

Bizning shayximiz o‘z hayotlarini Alloh taoloning haqiqiy diniga chaqirish, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamning yo‘llariga ergashish, musulmonlarning ma’rifatli bo‘lishi, bilimlarning tarqatilishi, yoshlarning tarbiyasi, jamiyatning mustahkamlanishiga baxshida etdilar. Shayxning ishlari davom etmoqda”, – deya ta’kidladi Shayxning o‘g‘illari Ismoil Muhammad Sodiq.

Kitoblar “Hilol-nashr” nashriyot-matbaa uyida sotilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют